Formula55

XOTIN QIZLAR QOʻMITASI RAISINING BIR ISH KUNIGA NAZAR

Скачать Download Yuklab olish

1 Просмотры
Издатель
Ushbu videoda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Respublika
Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Basitxanovaning bir ish kuni koʻrsatilgan. Kun.uz ijodiy guruhi vakillari qoʻmita raisi bilan birgalikda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumaniga tashrif buyurishgan. Raisning aholi murojaatlari bilan ishlash jarayoni, tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi, oilaviy poliklinikada “Ayollar salomatlik markazi” ishini koʻrish, dala boʻyida ishchi ayollar bilan uchrashgani, mahallaning faol ayollari bilan muloqoti, tikuv sexi faoliyati bilan tanishuvi, uy-joy bilan taʼminlangan fuqaro xonadoniga tashrifi jarayonlari aks ettirilgan.

Kun.uz ijodiy guruhi rahbar bilan bir kun loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Basitxanovaning bir ish kuniga guvoh boʻldik.

Qoʻmita raisi suhbat davomida nikoh shartnomasi, oiladagi ajralish jarayonlarida ayollarning huquqlari, toʻylardagi dabdabalar, oʻquv muassasalarida tibbiy koʻriklarni tashkil etish, himoya orderi kabi masalalar borasidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

0:57 - Bugungi kunda qilayotgan ishlarimizdan samaraning deyarli boʻlmasligi yoki judayam past boʻlishining sababi nimada?

1:26 - Oilada ajralish boʻlayotganda ayol va uning farzandlari huquqlari himoyalanganmi?

9:02 - Toʻylardagi dab-dabdabalarga Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining munosabati qanday?

11:40 - Byudjet tashkilotlarida “bola puli”ni ish joyidan olishni tashkil etishni Xotin-qizlar qoʻmitasining ish rejalariga kiritsa boʻladimi?

13:39 - Xotin-qizlar qoʻmitasi davlat bogʻchalarida bolalarni qabul qilish yoshini 2 yoshgacha tushirishga erishish uchun kerakli amaliy harakatlarni olib borishi mumkinmi?

17:28 - Oʻquv muassasalarida tibbiy koʻriklar qanday tashkil etilishi kerak?

18:02 - Bachadon boʻyni saratoniga qarshi vaksina zararlimi?

20:06 - Ayollarga himoya orderi qanday hollarda beriladi?

20:42 - Bugungi kunda yoshlarning turmush qurish masalalariga globalizatsiyaning taʼsiri qanday?

22:45 - “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga koʻra zoʻravonlik oʻzi nima?

25:33 - Surxondaryoda ayol chaqalogʻini hojatxonaga tashlab yuborish holati nima uchun sodir boʻldi?

26:26 - Oilani yarashtirish uchun mahalla faollari tomonidan qanday ishlar olib borilishi kerak?
Категория
PRIKOL
Комментариев нет.
Загрузка...