Diqqat! Propagandaga ishonmang. Sizni aldashadi.

7 Просмотры
Скачать
Издатель
Migrantlar huquqlari bo'yicha yurist Botirjon Shermuhammad Kun.uz'ga bergan intervyusida Rossiya tomonidan urushga yollanganlar Ukrainada qo‘lga tushgan taqdirda ularning maqomi qanday bo‘lishi haqidagi savolga javob berdi.

Huquqshunosga ko'ra, urushda asir tushgan migrantlar huquqlari hech qaerda belgilanmagan.

"Eng yomoni, bu insonlarga bir gap bo‘lsa, Rossiya tan olmaydi. Ular halok bo‘lgan va jarohatlanganlar ro‘yxatiga ham kiritilmaydi. Urushga qatnashayotgan inson sifatida hech bir rasmiy hujjatlardan o‘tishmaydi.

Qizig‘i, Rossiya uchun ham bu jinoyatchi maqomida bo‘ladi. Sababi, yollanish bo‘yicha modda bor ular ham. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra ham bular ertaga qaytib kelsa, javobgarlikka tortilishi mumkin. Ertaga Rossiyada boshqa bir hukumat kelsa va qonunlar ishlab ketsa, bularga hech bir Rossiya qonuni bo‘yicha yengillik berishga asos yo‘q. Uchala tomondan ham bu insonlarning huquqiy maqomi yaxshi emas. Og‘zaki va'dalar bajarilmay qolib ketishi ham hech gap emas", dedi Botirjon Shermuhammad.

Rasmiy vebsayt: http://kun.uz
Telegram kanalimiz: https://telegram.me/kunuzofficial
Facebook`da kuzating: https://www.facebook.com/kunuznews
Twitter`da kuzating: https://twitter.com/KunUzNews
Instagram`da kuzating: https://www.instagram.com/kun.uz
OK.ru`da kuzating: http://ok.ru/kunuznews
VKontakte`da kuzating: https://vk.com/kun_uz
TikTok`da kuzating: https://www.tiktok.com/@kunuznews
Выполните вход или зарегистрируйтесь для отправки комментария.
Комментариев нет.